O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Shimoliy hududlarda faqat 3−4-mart kunlari yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Havo harorati kechalari +3…+8 daraja, respublika shimolida −3…+2 daraja, kunduz kunlari +10…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Hafta o‘rtasida esa harorat qisqa muddatga +7…+10 darajagacha pasayadi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi.
2−6-mart kunlari O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Dushana va seshanba kunlari kunduzi harorat +11…+13 daraja bo‘ladi. Keyinchalik harorat asosan kechalari +4…+7 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari +8…+10 darajagacha pasayadi.
Source: www.gazeta.uz