Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkentda 21 aprel kuni umumiy ovqatlanish va gastronomiya sohasi tadbirkorlari bilan ochiq uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bir qator biznes vakillari narxlarning o‘sishi sababli aylanma hajmi ortib, kichik korxonalar QQS to‘lash chegarasiga yaqinlashayotganini ta’kidladi.

Hozirda aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlar 12 foizlik QQS to‘lashlari shart. Nazariy jihatdan soliqni hisobga olish va qaytarish mexanizmi mavjud bo‘lsa-da, amalda u to‘liq ishlamayapti.

TPP raisi Davron Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, QQS ostonasini oshirish vaziyatni murakkablashtirishi mumkin. U avvalroq biznes tomonidan aylanmadan 6 foizlik soliq joriy etish taklifi kiritilganini, biroq hukumat buning o‘rniga QQS qaytarish mexanizmini takomillashtirishni taklif qilganini eslatdi.

“Prezident raisligidagi kengaytirilgan yig‘ilishlarda soddalashtirilgan QQS qaytarish masalasi ko‘tarilgan edi. Ammo amalda bu mexanizm hali to‘liq ishlamayapti. Shuning uchun biz yangi taklif kiritamiz: yo QQS qaytarishni tubdan soddalashtirish, yoki stavkani, masalan, 6 foizgacha tushirish”, — dedi Vahobov.

U QQS ostonasini oshirish hozircha maqsadga muvofiq emasligini, chunki QQS zanjiri umumiy ovqatlanishni ham o‘z ichiga olgan ko‘plab sohalarni qamrab olishini qo‘shimcha qildi.

Source: kun.uz