Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Daniyada 23-aprel kuni ertalab mamlakat shimolidagi Xilleryod shahri yaqinida joylashgan Kagerup aholi punktida ikki poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Hodisa Gribskov temiryo‘l tarmog‘ida yuz bergan bo‘lib, politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 17 kishi jarohatlangan, ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir.

Voqea joyiga tez yordam va qutqaruv xizmatlari yetib kelgan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Hozircha temiryo‘l harakati noma’lum muddatga to‘xtatilgan va tergov ishlari boshlangan.

BBC News nashrining yozishicha, Daniyada temiryo‘l halokatlari kamdan-kam uchraydi. Ekspertlardan biri BBC bilan suhbatda mashinist stansiyadan jo‘nash vaqtida to‘xtash signaliga amal qilmagani sababli poyezd noto‘g‘ri yo‘lga tushib qolgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

BBC’ning qayd etishicha, Gribskov yo‘nalishida avtomatlashtirilgan xavfsizlik tizimi o‘rnatilmagan. Bu esa ba’zi xavfsizlik choralarining yetarli emasligi haqida savollar tug‘dirmoqda.

Source: www.gazeta.uz