Toshkentdagi "Beshqo‘rg‘on" bozori yong‘indan keyin vaqtincha yopildi
Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi mashhur "Beshqo‘rg‘on" bozori 5-aprel kuni sodir bo‘lgan yirik yong‘in tufayli vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in taxminan 2,5 soat davom etgan va o‘chirilgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda bozor ishtirokchilari o‘z tovarlari va transport vositalarini tezda olib chiqayotgani ko‘rinadi.











