Guliston shahridagi ko‘p qavatli uy qulash xavfi ostida qoldi
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida joylashgan "Bog‘ishamol" mahallasidagi 8-uyning birinchi qavatida, savdo va xizmat ko‘rsatish joylariga aylantirilgan bo‘limda, bir do‘kon egasi tegishli organlardan ruxsatsiz ravishda yuk ko‘taruvchi ustunni demontaj qilgan. Bu holat binoning favqulodda holatga tushib qolishiga sabab bo‘ldi.











