Namangandagi tibbiyot muassasalarida 300 million so‘mlik asossiz undirilgan mablag‘lar qaytariladi
Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida, viloyatdagi bir qancha tibbiyot birlashmalarida jiddiy qoidabuzarliklar aniqlandi. To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlaridagi tibbiyot muassasalarida foydalanilayotgan o‘lchash va sinash vositalari belgilangan muddatlarda metrologik ko‘rikdan o‘tkazilmagan holda bemorlarga xizmat ko‘rsatilgan.










