Hindistonda halok bo‘lgan o‘zbekistonlikning jasadi vatanga qaytarildi
Hindistonning Panjob shtatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi elchixona ko‘magida vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Hodisa 10-mart kuni Panjob shtatidagi Zirakpur shahrida yuz bergan, natijada T.M. ismli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.











