️ TECNO brendi O‘zbekistonda CAMON 50 seriyasining yangi smartfonlarini taqdim etdi. CAMON 50 Pro va CAMON 50 modellari AI algoritmlari yordamida birinchi urinishda chiroyli suratlar olish imkonini beradi.
️ CAMON 50 Pro modeli 50 MP Sony LYTIA 700C Ultra Night kamerasi, 50 MP telefokusli... kamera va 8 MP keng burchakli ob’ektiv bilan jihozlangan. Modelda 32 MP old kamera ham mavjud. CAMON 50 modelida ham shunga o‘xshash kamera tizimi qo‘llanilgan.
️ AI RAW 2.0 tasvir qayta ishlash protsessori yuqori sifatli suratlar olishga yordam beradi. Super-Zoom FlashSnap texnologiyasi tezkor harakatli sahnalarni uzoq masofadan ham suratga olish imkonini beradi.
️ Seriyada birinchi marta AI Art Gallery funksiyasi joriy etildi. Ushbu funksiya foydalanuvchilarga rasmlarni taniqli san’at asarlari uslubida qayta ishlash imkonini beradi.
️ AI Key funksiyalari to‘plami smartfonni tahlil va tahrirlash vositasi sifatida ishlatish imkonini beradi. FlashMemo va AI Writing 2.0 funksiyalari matnlarni tushunish va ijtimoiy tarmoqlar uchun sarlavhalar yaratishda yordam beradi.
️ Ikkala model ham MediaTek Helio G200 protsessori, 6.78 dyuymli AMOLED displey, 6500 mAh quvvat batareyasi va 45 Vt tez zaryadlash bilan jihozlangan. IP68, IP69 va IP69K standartlari bo‘yicha suv va changdan himoya qilinadi.
️ TECNO bosh direktori Jek Guo: “CAMON 50 seriyasi smartfonlari kundalik hayotingizda sizga yordamchi bo‘lish uchun ishlab chiqilgan. AI nafaqat go‘zallik uchun, balki yordam berish uchun mo‘ljallangan.”
️ Smartfonlar qora, kulrang va yashil ranglarda, 8/256 GB xotira konfiguratsiyasida taqdim etiladi. Aprel oyida CAMON 50 Ultra 5G modeli sotuvga chiqariladi.
️ TECNO brendi 70 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi va AI asosidagi innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.