Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

21-fevral kuni Prezidentning Qoraqalpog‘istonni 2026-yilgacha rivojlantirish dasturini tasdiqlagan qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2026-yilga kelib Qoraqalpog‘istonning yalpi hududiy mahsuloti 8,1% ga oshiriladi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi esa 8% ga ko‘paytiriladi.

Xorijiy investitsiyalar 3,5 milliard dollarga yetkaziladi, ishsizlik darajasi 4,2% ga, kambag‘allik esa 3,2% ga qisqartiriladi. Nukus shahri, Qo‘ng‘irot va Chimboy tumanlari hamda 109 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantiriladi. 5,400 nafar mutaxassis yangi kasblarga o‘qitiladi.

Bo‘zatov, Qonliko‘l, Mo‘ynoq va Shumanay tumanlari hamda 90 ta mahallada kambag‘allik darajasi ikki barobar qisqartiriladi. 2030-yilga qadar yalpi hududiy mahsulot 102,4 trillion so‘mga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish 28,9 trillion so‘mga yetkaziladi, sanoat va xizmatlar sohasida 7,2 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi, eksport 900 million dollargacha oshiriladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushi 70% ga yetkaziladi, markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti 83,5% ga oshiriladi. Sun’iy intellekt texnologiyalari uchun 5 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilinadi.

Source: www.gazeta.uz