Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining qurilish va kommunal xo'jalik nazorati inspektsiyasi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatga standartlarga javob bermaydigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar kiritildi.

Ro'yxatda g'isht, temir-beton buyumlar, armatura, gazobeton bloklar va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilari mavjud. Hujjatda standartlarga mos kelmaydigan mahsulotlar ishlab chiqarayotgan korxonalar va ularning mahsulot turlari ko'rsatilgan.

Ro'yxatda jami 116 ta yozuv mavjud. Biroq, bu 116 ta alohida korxona emas: ba'zi kompaniyalar turli mahsulot turlari bo'yicha standartlarga javob bermagani uchun ro'yxatga bir necha marta kiritilgan.

Xususan, "Qurilish Ta'minotchi" MChJ ro'yxatda besh marta, "Kogon qurilish montaj ta'mir" MChJ, "Navoiy Hamkor Qurilish" XK va "AHTAM AHMEDOV OMADI" MChJ esa to'rt marta qayd etilgan. Boshqa bir qator tashkilotlar ikki yoki uch marta takrorlangan.

E'lon qilingan ma'lumotlarda aniq texnik parametrlar haqida tafsilotlar keltirilmagan.

Ro'yxat ochiq manba sifatida joylashtirilgan.

Source: kun.uz