Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxityor Saidov Fors ko'rfazi davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muzokaralar o'tkazdi.

«Biz Qatar Davlati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahman bin Jassim Al Tani bilan samarali telefon suhbati o'tkazdik. Yaqin Sharq vaziyati bo'yicha fikr almashdik. Qatar bilan birdamligimizni bildirib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan samimiy hamdardlik bildirdik. Suverenitet, hududiy yaxlitlik va kuch ishlatmaslik tamoyillariga qat'iy rioya qilish muhimligini ta'kidladik», – dedi Saidov.

Shuningdek, Saidov Quvayt tashqi ishlar vaziri Shayx Jarah As-Sabah, Ummon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaidi va Iordaniya Bosh vazir o'rinbosari, tashqi ishlar va ekspatriantlar ishlari vaziri Ayman Safadi bilan telefon muzokaralari o'tkazganini ma'lum qildi.

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining so'zlariga ko'ra, suhbatlarda mintaqadagi vaziyatning rivojlanishi va uning barqarorlik va xavfsizlikka ta'siri haqida fikr almashildi.

Source: kun.uz