Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishni qayta tiklash taklifi ilgari surildi. Bu taklif prezidentga taqdim etilgan kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha imkoniyatlarni yaratish loyihasida bildirilgan.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish sohasida QQSning bir qismini qaytarishda naqd pulsiz tushum ulushi talabini bekor qilish va ayrim ishchilarni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish taklif qilinmoqda.

Ushbu choralar 600 mingdan ortiq kichik biznes subyektlarining qonuniy o‘sish imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda. Soliq bazasining shaffofligini oshirish hisobiga yiliga kamida 2 trillion so‘m qo‘shimcha byudjet tushumlari prognoz qilinmoqda.

Davlat rahbari takliflarni ma’qullab, mas’ul shaxslarga tegishli choralarni ko‘rishni topshirdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprelidan boshlab 22 mingga yaqin alkogol va tamaki mahsulotlari faqat naqd pulsiz shaklda sotiladigan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Source: uznews.uz