O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va AQSh huquq-tartibot organlarining birgalikdagi harakatlari natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro qo‘lga olinib, Toshkentga deportatsiya qilindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 2023 yildan beri qidiruvda edi. U Nyu-York shahrida ushlangan. Unga nisbatan giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq jinoyatda ayblov qo‘yilgan.
IIV ta’kidlashicha, xalqaro hamkorlik doirasida ichki ishlar organlari tergov va suddan yashirinayotgan shaxslarni, ularning qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, javobgarlikka tortish bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini izchil o‘tkazmoqda.
Avvalroq xalqaro hamkorlik doirasida og‘ir jinoyatlarda qidirilayotgan ikki fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan edi – biri Bahrayndan, ikkinchisi AQShdan.
Source: podrobno.uz