Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Turkiya Superligasining 31-turi doirasida “Istanbul Basaksehir” o‘z maydonida “Kasimpasha”ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘yinning 5-daqiqasida hisobni ochdi. 22-daqiqada Bertug Yildirim, 81-daqiqada Davi Zelke ham gol urib, farqni oshirdi. Shomurodov esa o‘yinda dubl qayd etdi.

Endilikda Eldorning Superligadagi gollari soni 20 taga yetdi. U to‘purarlar poygasida “Trabzonspor” hujumchisi Pol Onuachuni quvib bormoqda, uning hisobida 22 ta gol bor.

Jamoadagi yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abbos Fayzullayev jarohati sabab maydonga tushmadi.

“Istanbul Basaksehir” 31 o‘yinda 51 ochko to‘plab, turnir jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Undan bir pog‘ona yuqorida “Besiktas” joylashgan bo‘lib, 30 o‘yindan keyin 55 ochkoga ega.

Source: kun.uz