Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida narkotik moddalarni noqonuniy olib o‘tishga urinishning navbatdagi holati aniqlandi. Qo‘shni davlat fuqarosi tanasi ichida 200 grammdan ortiq afyunni yashirgan holda olib o‘tmoqchi bo‘lgan.
Maxsus operatsiya Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Termiz xalqaro savdo markazi hududida olib borilgan tadbirda 27 yoshli qo‘shni davlat fuqarosi nazoratga olindi.
Aniqlanishicha, u to‘g‘ri ichakka uchta polietilen paketni yashirgan. Guvohlar ishtirokida ochilgan paketlardan umumiy og‘irligi 203 gramm bo‘lgan afyun topilgan.
Shu kuni tezkor tadbirlar davom ettirilib, huquq-tartibot xodimlari narkotiklarni qabul qilishi kerak bo‘lgan 40 yoshli erkakni ham qo‘lga oldi.
Hozirda ushbu fakt yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Bu narkotiklarni shu usulda olib o‘tishning yagona holati emas. Avvalroq Samarqand viloyati bojxona xodimlari o‘zlarini “tirik konteyner” sifatida ishlatgan ikki ayol kontrabandachini ushlagan edi.
Source: podrobno.uz