Mojtaba Homeneyning birinchi mamlakatga murojaati: AQSh va ittifoqchilariga qarshi harbiy harakatlar davom etadi
Mojtaba Homeney Eronning oliy rahbari etib saylanganidan keyin birinchi marta mamlakat aholisiga murojaat qildi. Uning nutqida AQSh va uning ittifoqchilariga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirish niyati, shuningdek, mojaro davomida halok boʻlgan eronliklar uchun qasos olish vaʼdasi bildirildi. Homeneyning soʻzlariga koʻra, Tehronda mamlakat fuqarolarining oʻlimiga javob berish ustuvor vazifa hisoblanadi.











