Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Nyu-York shahri AQShda birinchi bo‘lib, shahar markaziga kirgan haydovchilardan tirbandlik to‘lovini undirishni boshladi. Yangi tizim 5-yanvar kuni ishga tushirilgan bo‘lib, uning maqsadi tirbandlikni kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirish uchun mablag‘ to‘plashdir.

To‘lov 60-sonli ko‘chadan janubdagi hududga (Manxettenning biznes markazi) kirish uchun olinadi. Oddiy avtomobillar uchun kunlik to‘lov 9 dollarni tashkil etadi, yuk mashinalari va avtobuslar uchun esa bu miqdor yuqoriroq. Tizim haftaning istalgan kunida, kechayu kunduz ishlaydi.

Ushbu tashabbus AQSh rejimi tomonidan uzoq yillik muhokamalardan so‘ng qabul qilindi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu nafaqat tirbandlikni kamaytiradi, balki havoning ifloslanishini ham pasaytiradi. Biroq, ko‘plab haydovchilar va biznes vakillari bu qarorni tanqid qilmoqda.

Tanqidchilarning fikricha, yangi to‘lov ayniqsa kam ta’minlangan oilalarga og‘ir yuk bo‘ladi va ularni shahar markazidan uzoqlashtirishi mumkin. Shuningdek, bu mahalliy biznesga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, mijozlar oqimini kamaytirishi mumkinligi aytilmoqda.

Nyu-York metropoliten tizimi bu to‘lovlardan yiliga 15 milliard dollargacha daromad olishni kutmoqda. Bu mablag‘lar metro va avtobuslarni modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi. Biroq, ekspertlar bu rejaning amalga oshishiga shubha bilan qarashmoqda, chunki shunga o‘xshash loyihalar boshqa shaharlarda kutilgan natijani bermagan.

Source: uznews.uz