Isroil kuchlari chorshanba kuni Bayrutning janubiy chekkalariga ikkinchi marta hujum uyushtirib, kuchli portlash va keng ko‘lamli vayronagarchilikka sabab bo‘ldi.
Isroil armiyasi hujumni tasdiqlab, Hizbullohning Radvan kuchlari qo‘mondoni Malek Baluni nishonga olganini bildirdi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu hujumni o‘zi va mudofaa vaziri Isroil Kats buyrug‘i bilan amalga oshirilganini tasdiqladi.
Netanyahu Telegram’dagi postida: “Radvan terrorchilari Isroil aholi punktlariga o‘q uzish va ID askarlariga zarar yetkazish uchun javobgardir. Hech bir terrorchi immunitetga ega emas – Isroilning uzun qo‘li har bir dushman va qotilni ushlaydi”, deb yozdi.
U shuningdek: “Biz shimol aholisiga xavfsizlikni va’da qilgan edik – biz buni qilamiz va shunday qilishda davom etamiz!”, deb qo‘shimcha qildi.
Source: www.aljazeera.com