MV Hondius kruiz kemasida hantavirus epidemiyasi avj oldi. Kema Kabo-Verde qirg'oqlari yaqinida to'xtab qolgan. Kamida uch nafar yo'lovchi vafot etgan, bir qancha boshqa yo'lovchilarda esa virusga shubha bor.
Ispaniya hukumati kemani Kanar orollaridagi portlardan biriga qabul qilishga qaror qildi. Ispaniya Sog'liqni saqlash vazirligi bu qaror xalqaro huquq va insonparvarlik tamoyillariga muvofiq qabul qilinganini ma'lum qildi.
Vazirlikning qo'shimcha qilishicha, kema portga kelgach, ekipaj va yo'lovchilar tegishli tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi, ularga yordam ko'rsatiladi va keyin o'z mamlakatlariga jo'natiladi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) Kabo-Verde bu operatsiyani amalga oshirishga qodir emasligini, Kanar orollari esa eng yaqin va zarur imkoniyatlarga ega hudud ekanini ta'kidlagan.
JSSTning Kabo-Verdagi vakili kemani evakuatsiyadan so'ng Niderlandiyaga yo'lini davom ettirishi mumkinligini bildirdi.
Source: www.dw.com