Andijonda Ramazon hayiti: Namoz, an'analar va shahar hayotining o'ziga xos ritmi
Andijonda Ramazon hayiti tongi odatdagidan ertaroq boshlanadi. Erkaklar yuvinib-taranib, yangi kiyimlarini kiyib masjidlarga otlanishsa, ayollar ko'cha-hovlilarni supurib-sidirib, bayramona sarishtalik o'rnatadi. Gazeta muxbiri Mumtozbegim Abdumo'min hududning bayramona qiyofasi va o'ziga xos hayit shukuhi aks etgan lahzalarni kadrlarga muhrladi.











