Sirdaryo viloyatida elektr udog‘i bilan noqonuniy baliq ovlash: Tabiatga 519 million so‘mlik zarar yetkazildi
Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida ikki fuqaro elektr udog‘i yordamida noqonuniy tarzda 46 ta baliq ovlagan. Davlat ekologik nazorat inspektsiyasi xodimlari viloyat bo‘limlari bilan hamkorlikda ushbu qonunbuzarlikni aniqlagan.











