Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri 9 ming dollar pora olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ushlangan. U O‘rta Chirchiq tumanidagi tadbirkorga nisbatan 276 mln so‘mlik jarimani bartaraf etish evaziga pul talab qilgan.
Nozir Namangan shahridagi oliygohda o‘qiyotganligi bois pulni o‘sha joyga olib kelishni so‘ragan. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tezkor tadbir o‘tkazib, uni ashyoviy dalillar bilan ushlagan.
Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, devonxona noziriga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Ushbu ish Jinoyat kodeksining firibgarlik va pora berish moddalari bo‘yicha olib borilmoqda.
Source: www.gazeta.uz