Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-umumta’lim maktabida o‘qituvchilardan majburiy pul yig‘ish topshirig‘i bergan hokim o‘rinbosari Anvar Rajabov ishdan olindi.

O‘qituvchilar Kun.uz’ga murojaat qilib, “Ramazon ehsoni” nomi ostida har biridan 25 ming so‘m talab qilinayotganini bildirgan. Maktab direktori Oysara Uzoqova Telegram guruhida bergan topshiriqda bu buyruqni hokim o‘rinbosari Anvar Rajabov berganini aytgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi ma’lum qilishicha, Rajabovning ko‘rsatmasi qonun talablariga zid bo‘lib, ixtiyoriylik tamoyili buzilgan. Natijada u lavozimidan ozod etildi va ishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Source: www.gazeta.uz