O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Yaqin Sharq mamlakatlariga safarlarni vaziyat barqarorlashgunicha kechiktirishni tavsiya qildi. 28-fevralda AQSh va Isroil tomonidan Eronning o‘qqa tutilishi va Eronning javob zarbalari boshlanishi bilan mintaqada havo hududi yopildi, bu O‘zbekiston bilan Isroil, BAA va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi parvozlarni bekor qilishga olib keldi.
Ko‘plab davlatlar vakillari, jumladan O‘zbekiston fuqarolari, parvoz bekor qilinishi yoki kechikishlari, tranzit yo‘nalishlarining yopilishi va boshqa tashkiliy muammolar tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Mintaqada bo‘lgan vatandoshlardan bosiqlik va hushyorlikni saqlash, gavjum joylarga borishdan tiyilish, mahalliy qonunlarga rioya qilish va diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada bo‘lish so‘raldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati dasturini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi. Uzbekistan Airways 2-martdan boshlab Jiddadan Toshkentga repatriatsiya reyslarini tashkil etmoqda.
TIV mintaqadagi elchixonalarning aloqa raqamlarini keltirdi:
- Konsullik xizmati: +998 97 136 51 51, koll-markaz: 1164
- Eron (Tehron): +98 912 132 78 23 (Yo‘ldoshev Elbek)
- Qatar: +974 5141 1001 (Otabek Muratov), +974 3352 0001 (Shuhrat Teshboyev)
- BAA: +971 54 212 18 53 (Jahongir Xaitov)
- Dubay: +971 55 986 90 40 (Bobonazarov Jahonboy), +971 55 956 41 10 (Odilov Azizbek)
- Saudiya Arabistoni: +966 11 263 52 23, konsul: +966 56 721 77 31 (Azimjon Qobiljonov)
- Jidda: +966 12 607 72 50, konsul: +966 59 439 08 50 (Shuhrat Ibragimov)
- Quvayt: +965 2539 6515, maslahatchi: +965 9713 0270 (Ergashev Iqboljon), konsul: +965 9942 7517 (Toirov Islomxon)
- O‘mmon: +968 7159 5715 (Otabekjonov Ramzbek)
- Isroil: +972 54 485 13 97 (Abdullayev Shuhrat)
Source: www.gazeta.uz