Fatvo Markazi: Ramazon Nega Ba‘zan 29 Kun Bo‘lishi Mumkin?
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi Ramazon oyining ba‘zan 29 kun, ba‘zan esa 30 kun bo‘lish sabablarini batafsil tushuntirdi. Markaz hijriy-qamariy taqvimning Oyning falakdagi harakatiga asoslanganligini ta‘kidlab, yangi hilol ko‘ringan kunning ertasi yangi oyning birinchi kuni hisoblanishini eslatti.











