Toshkentda Amir Temur xiyobonida rekonstruksiya ishlari boshlandi
Toshkent shahrida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan sohibqiron nomidagi markaziy xiyobonda keng qamrovli rekonstruksiya ishlari boshlandi. Poytaxtning asosiy maydonlaridan biri bo‘lgan ushbu xiyobon 6 gektar maydonni egallaydi, shundan 4 gektari yashil hududlardan iborat. Shahar hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, 8-aprelga qadar bu yerda qo‘shimcha daraxt va o‘simliklar ekiladi, sug‘orish tizimi yangilanadi, piyodalar yo‘laklari ta’mirlanadi. Hozirda xiyobonning 1 gektar maydoni bruschatka, yana 1 gektari esa asfalt bilan qoplangan.











