Click SuperApp o‘z foydalanuvchilari uchun 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga beshta sayohatni sovg‘a qilish bo‘yicha o‘yin boshladi. Tadbirga qatnashish uchun foydalanuvchilar ilovadan foydalanishlari va belgilangan vazifalarni bajarishlari kerak. G‘oliblar AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan turnirga parvoz va mehmonxona xizmatlarini o‘z ichiga olgan to‘liq paketni qo‘lga kiritadi. O‘yin 2024-yilning oxirigacha davom etadi va natijalar keyingi yili e’lon qilinadi.
Source: uznews.uz