Andijon viloyati Izboskan tumanida haydovchi 8 o‘rinli mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgani uchun ushlandi. Unga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.
6 may kuni “O‘rta qishloq” mahallasida K.Z. ismli haydovchi King Long rusumli 8 o‘rinli mikroavtobusda “Xadichabegim” davlat-xususiy maktabgacha ta’lim muassasasining 58 nafar tarbiyalanuvchisini tashiyotgan vaqtida to‘xtatildi.
Haydovchiga nisbatan odamlarni tashish qoidalarini buzganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks bo‘yicha bayonnoma tuzildi. Shuningdek, haydovchi va ta’lim muassasasi rahbariyati bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni Nurota tumanida xususiy bolalar bog‘chasi rahbari ayol Matiz avtomobilida 13 nafar bolani tashiyotganda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Natijada ayol vafot etdi, bolalar og‘ir tan jarohatlari oldi.
Source: kun.uz