Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvada Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 81 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda qatnashdi.

Tadbirda Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Laos Prezidenti Thongloun Sisoulith, Malayziya Oliy hukmdori Sulton Ibrahim, Slovakiya hukumati rahbari Robert Fitsoning boshqa davlat rahbarlari ham ishtirok etdi.

Qizil maydondagi G‘alaba paradi yakunida Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlat rahbarlari hamrohligida Aleksandr bog‘idagi Noma’lum askar qabriga gul qo‘ydi.

Ushbu yodgorlik millionlab jangchilar, jumladan, G‘alaba yo‘lida mislsiz jasorat ko‘rsatib, jon fido qilgan O‘zbekiston farzandlari xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, Vatan himoyachilarining matonati, qahramonligi va fidoyiligi ramzidir.

Marosim bir daqiqalik sukut va faxriy qorovul rotasi hamda harbiy orkestrning tantanali marsh bilan yakunlandi.

Source: kun.uz