Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 41 nafar vatandoshni Erondan Turkmaniston orqali vatanga qaytarishni tashkil etdi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning Ashxobod va Tehrondagi elchixonalari Turkmanistonning tegishli idoralari bilan hamkorlikda viza masalalari va vatandoshlarni tashishni tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni tezkorlik bilan hal qildi.

Qayd etilishicha, Turkmaniston tomonining ko‘magida O‘zbekiston fuqarolari “Saraxs – Seraxs” va “Gaudan – Bajgiron” chegara punktlarida kutib olindi. Diplomatlar ularning kuzatilishi va xavfsiz tarzda vatanga qaytishini ta’minladi.

Tashqi siyosat idorasida O‘zbekiston fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish tashqi siyosatning so‘zsiz ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

Source: kun.uz