Nobel mukofoti sovrindori Narges Mohammadi qamoqxonada hayoti xavf ostida
Eronlik inson huquqlari himoyachisi va Nobel tinchlik mukofoti sovrindori Narges Mohammadi qamoqxonada yurak xuruji bo‘lganidan keyin hayoti xavf ostida qolgani haqida xabar berilmoqda. Uning Norvegiyada yashovchi ukasi Hamidreza Mohammadi BBCga bergan intervyusida, 53 yoshli faol o‘tgan hafta Zanjon qamoqxonasida hushidan ketgan holda topilganini aytdi.











