Shotlandiyada birinchi: Erining zo‘ravonligidan xotini o‘z joniga qasd qildi, erkak 8 yilga qamaldi
Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Oliy sud juma kuni 40 yoshli Li Milnni o‘z xotinini o‘z joniga qasd qilishga majbur qilgani uchun sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qildi. U mart oyida o‘limga sabab bo‘lgani uchun aybdor deb topilgan edi. Li Milnning 28 yoshli xotini Kimberli 2023-yil 27-iyulda Shotlandiyaning Dandi shahridagi ko‘prikdan sakrab o‘z joniga qasd qilgan.











