12 may kuni Leningrad viloyatining Kirov tumanidagi Priladojskiy posyolkasida joylashgan "Sinyavinskaya" parrandachilik fabrikasida ommaviy mushtlashma yuz berdi.
Taxminan 60 kishi ishtirok etgan janjalda 20 kishi tibbiy yordam oldi, ulardan 7 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, mushtlashmadan so‘ng eng faol 12 ishtirokchi politsiyaga yetkazilgan. Rasmiy xabarga ko‘ra, ular 21 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lgan Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarolaridir.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, mojaroning sababi O‘rta va Janubiy Osiyodan kelganlar o‘rtasidagi og‘zaki janjal bo‘lgan.
Hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda, politsiya jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasini hal qilmoqda.
Source: kun.uz