Hindistonda o‘zbek tili va madaniyati bo‘yicha ilk to‘liq bakalavriat dasturi ochiladi
Hindistondagi Jamiya Milliya Islomiya markaziy universiteti (JMI) yangi o‘quv yilidan boshlab o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyati bo‘yicha to‘rt yillik bakalavriat dasturini ishga tushiradi. "Dunyo" AA xabariga ko‘ra, dastur o‘zbek tilini o‘rganish, mumtoz va zamonaviy adabiyot, shuningdek O‘zbekistonning madaniy an’analarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.











