YPX inspektorini urib yuborgan BMW M4 haydovchisi: 16 yoshli o‘quvchi, ota-onasi ikki marta jarimaga tortilgan
Toshkentda 25-fevral kuni BMW M4 (010210OC) avtomobili Yo‘l-patrul xizmati xodimini urib ketdi. Haydovchi 16 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lib, haydovchilik guvohnomasi yo‘q. Inspektor og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.











