1-apreldan O‘zbekistonda qonunchilikda muhim o‘zgarishlar kuchga kiradi
1-apreldan boshlab O‘zbekistonda bir qator qonuniy o‘zgarishlar va yangiliklar amal qilishni boshlaydi. Bu o‘zgarishlar Toshkent shahrida yangi sanoat zonalarini tashkil qilishga muddatsiz moratoriy joriy etish, shuningdek, shaharda favvoralar qurish va dendrologiya bog‘larini barpo etishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida chang bo‘ronlarining oldini olish uchun “yashil devor”lar qurish ishlari boshlanadi.











