Shveytsariyaning O‘zbekistonga 4 yillik yordam dasturi: 200 million dollar va texnologiya
Shveytsariya hukumati Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston uchun 4 yillik yangi rivojlanish dasturini ishga tushirdi. Shveytsariya elchisi Konstantin Obolenskiy Kun.uz ga bergan intervyusida bu yordamning bepul ekanligini va mamlakatning mintaqadan hech qanday iqtisodiy yoki siyosiy manfaat kutmasligini ta'kidladi. Dastur Shveytsariya byudjetidan moliyalashtirilib, umumiy qiymati 200 million dollarni tashkil etadi.











