O‘zbekistonlik hakamlar Rossiya – Mali o‘rtoqlik o‘yinini boshqaradi
O‘zbekistonlik futbol hakamlari jamoasi Rossiya va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinini boshqarish uchun tayinlandi. Bu haqda Rossiya Futbol Ittifoqi (RFI) veb-saytida e’lon qilindi. Hakamlar brigadasi bosh hakam Rustam Lutfullin, yordamchi hakamlar Sanjar Shayusupov va Akmal Giyosovdan iborat bo‘lib, zaxira hakam sifatida rossiyalik Aleksey Suxoy belgilandi.











