️ Eronning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Ali Eskandari, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Irning Eronni Isroilni "yo'q qila oladigan" raketalar bilan ta'minlashga tayyorligi haqidagi so'nggi bayonotiga izoh berdi.
️ Diplomat ta'kidladiki, Eron boshqa davlatlardan yordam... so'ramagan va o'z manfaatlarini mustaqil himoya qilish qobiliyatiga ega.
️ U: "Biz hech qanday davlatdan yordam so'ramaganimizdan faxrlanamiz. O'zimizni himoya qila olishimizni his qilamiz", deb qo'shdi.
️ Eronning javob zarbalari qanchalik uzoqqa borishi mumkinligi haqidagi savolga javoban, elchi: "Mintaqadagi ba'zi hujumlar Eron tomonidan tashkil etilmaydi. Bu Isroil razvedkasi "Mossad"ning harakatlari. Bir necha mamlakatlarda portlovchi moddalar bilan agentlar qo'lga olingan. Ammo AQSh harbiy bazalaridan Eronni hujum qilish uchun foydalanganda, ular javob zarbalari uchun qonuniy nishonga aylanish xavfi ostida qoladi. Biz oldindan aytgan edikki, Eron qarshi ishlatiladigan har qanday harbiy ob'ektlar bizning yetish masofamizda", deb izohladi.
️ U shuningdek, Eron zarbalari faqat AQSh investitsiyalari va harbiy infratuzilmasi ob'ektlariga ta'sir qilishini, Eron esa BAA va Quvayt kabi qo'shni mamlakatlar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishini ta'kidladi.
️ U: "Bizning maqsadimiz qonuniy himoyadir. Agar tajovuz to'xtasa, biz har qanday javob harakatlarini to'xtatamiz", deb xulosa qildi.