Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Surxondaryo viloyatida elektr avtomobil zaryad stansiyasida yonib ketdi. Yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirildi va hech kim jabrlanmadi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hodisa kecha, 26 may kuni sodir bo‘lgan.

Soat 16:22 da “112” yagona favqulodda xizmatlar tizimiga Denov tumanidagi “Bog‘ishamol” mahallasida zaryad stansiyasida turgan Leapmotor C11 rusumli elektromobil yonib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv bo‘linmasining ikki ekipaji tezda yetib borgan. Soat 16:25 da yong‘in lokalizatsiya qilingan, 16:30 da esa to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda mutaxassislar yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdorini aniqlamoqda.

Avvalroq Denovdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz berib, ikki kishi jarohat olgan edi.

Source: podrobno.uz