Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Kobea Group (Janubiy Koreya) xorijiy korxonasiga UzNEX kriptobirjasi faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani bekor qildi.

Regulyator xabarida aytilishicha, 2024-yil 22-fevralda berilgan litsenziya kompaniyaning murojaati asosida bekor qilingan.

Pul mablag‘lari va kripto-aktivlarni qaytarish bo‘yicha savollar bilan mijozlar Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir. elektron pochta manziliga, kompaniya ofisiga yoki +998-78-777-55-06 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin. Qaytarish 3 ish kunidan 10 ish kunigacha amalga oshiriladi, deyiladi xabarda. Muammolar yuzaga kelganda, mijozlardan Bu e-Posta adresi istenmeyen posta engelleyicileri tarafından korunuyor. Görüntülemek için JavaScript etkinleştirilmelidir. elektron pochta manzili orqali ILMAga murojaat qilishlari so‘raladi.

UzNEX 2020-yil yanvar oyida ishga tushirilgani haqida xabar berilgan edi. Bu O‘zbekiston va butun mintaqadagi birinchi kriptobirja edi.

Kriptobirja saytida serverlarga texnik xizmat ko‘rsatish sababli xizmatlar ko‘rsatish to‘xtatilgani haqida xabar berilgan.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, Kobea Group XK 2019-yil yanvar oyida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ustav fondi qariyb 4,24 mlrd so‘mni tashkil etgan. Faoliyat turi: qimmatli qog‘ozlar va tovarlar shartnomalari bo‘yicha brokerlik xizmatlari. Rahbar sifatida Li Chan Yon ko‘rsatilgan.

Source: www.gazeta.uz