Artemis II missiyasining Orion kosmik kemasi 48 soatdan kam vaqt ichilda Tinch okeaniga qo‘nishi rejalashtirilgan. Ekipaj a'zolari kosmosda ko‘rgan narsalari dunyoqarashlarini abadiy o‘zgartirishini aytishdi.
Oy atrofida parvoz qilib, Yerdan rekord masofaga chiqqan to‘rt astronavt birinchi marta kosmosdan matbuot bilan suhbatlashdi. Missiya qo‘mondoni Reid Wiseman: "Inson miyasi bularni boshdan kechirishga mo‘ljallanmagan. Ko‘p narsalarni o‘ylash, kundalik yozish kerak, shundan keyingina nima boshdan kechirganimizni to‘liq his qilamiz", dedi. U kosmosdan quyosh tutilishini kuzatish unga chuqur ta'sir ko‘rsatganini qo‘shdi.
Kanadalik missiya mutaxassisi Jeremy Hansen Oyning orqa tomonida parvoz qilayotganda "hech qachon tasavvur qilmagan" narsalarni ko‘rganini aytdi: "Biz bo‘shliq va vakuumdagi nozik sayyorada yashaymiz". Dushanba kuni ekipajning Yerdan taxminan 400,000 kilometr masofasi 56 yillik Apollon 13 rekordini yangiladi.
Missiya uchuvchisi Victor Glover hali boshdan kechirganlarini qayta ishlashni boshlaganicha emasligini, atmosferaga kirishga tayyorlanayotganini bildirdi: "Ko‘proq rasmlar, ko‘proq hikoyalar bor... Yana ikki kunimiz bor, atmosfera orqali olovli shar kabi uchish ham chuqur tajriba". Orion kemasi atmosferaga kirganda soatiga 38,365 kilometr tezlikka yetib, atmosfera ishqalanishi natijasida kuchli issiqlikka duchor bo‘ladi.
Ayol astronavt Christina Koch, oldingi missiyasida ayol uchun 328 kunlik kosmosda uzok vaqt qolish rekordini o‘rnatgan, ekipajda "hamjihatlik" hissi paydo bo‘lganini aytdi. U kosmosdagi qulay bo‘lmagan sharoitlar inson kosmosni o‘rganish chegaralarini kengaytirishning bir qismi ekanligini ta'kidladi: "Bir nechta noqulay ishlarni qilmasak, qurbonliklar bermasak, risk olmasak, chuqurroq o‘rgana olmaymiz".
Artemis II missiyasi milliardlab dollar qiymatidagi dasturning birinchi bosqichi bo‘lib, 2028-yilga kelib odamlarni Oy yuzasiga qaytarish va oxir-oqibat Marsga potentsial kelajakdagi missiya uchun AQSh Oy bazasini o‘rnatishni maqsad qilgan.
Source: www.dw.com