Farg‘ona viloyatida 5 nafar giyohvandlik kontrabandachisi 12-15 yil qamoq jazosiga hukm qilindi
Farg‘ona viloyatida giyohvandlik vositalarini Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tgan 5 nafar shaxs sud hukmi bilan 12 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi. Sudlanuvchilarning uchtasi DXX tomonidan 2025-yil sentabr oyida qo‘lga olingan edi.











