O‘zbekistonlik paralimpiyachilar Italiyada XIV Qishki Paralimpiya o‘yinlarini ochilish marosimida ishtirok etdi
O‘zbekiston sport delegatsiyasi Italiyaning Verona shahridagi "Verona Arena" stadionida bo‘lib o‘tgan XIV Qishki Paralimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida qatnashdi. Marosimda respublikamiz vakillari sifatida paralimpiya tog‘ chang‘isi sporti bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari Firdavs Hidoyatov va Yulduz Mahmudova ishtirok etishdi.











