AQSh G‘arbiy yarimsharda ‘dushmanlar’ni qo‘llab-quvvatlovchilarga viza cheklovlari joriy qildi
AQSh Davlat departamenti G‘arbiy yarimsharda AQSh manfaatlariga zarar yetkazuvchi ‘dushmanlar’ni qo‘llab-quvvatlovchi shaxslarga nisbatan viza cheklovlarini kengaytirishini e’lon qildi. Departamentning bayonotida ushbu siyosat doirasida 26 kishining vizalari bekor qilinganligi ta’kidlandi. Bu qaror Donald Tramp ma’muriyati tomonidan AQSh ta’sirini kengaytirishga qaratilgan ‘Donroe doktrinasi’ deb atalgan platformaning bir qismi sifatida amalga oshirilmoqda.











