Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida uyushgan jinoyat guruhi aniqlangan. Guruh tarkibiga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq mansabdor shaxslari, xususiy bandlik agentliklari va boshqa shaxslar kirgan.

Ular fuqarolarni Koreyaga ishga yuborish uchun korrupsion sxema yaratgan va 35 nafar fuqarodan 263,5 ming dollar noqonuniy ravishda olgan. Departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat guruhi fuqarolardan rasmiy to‘lovlardan tashqari 7 mingdan 12 ming dollargacha pul undirgan – jami 90 million dollar atrofida. Hozirda Koreyaga yuborilmagan 600 dan ortiq fuqaroning murojaatlari bo‘yicha zarar miqdori aniqlanmoqda va uni qoplash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, guruh a’zolari 230 nafar fuqaroni Koreyaga jo‘natish uchun 580 ming dollar, 1 ming nafar jo‘natilgan fuqarodan esa 5,6 million dollar noqonuniy daromad olgan. Jami noqonuniy daromad 45 million dollarni tashkil etgan.

Agar siz yoki yaqinlaringiz ushbu jinoyat guruhi qurboni bo‘lgan bo‘lsa, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning ishonch telefoniga: 71-233-10-07 murojaat qiling. Maxfiylik kafolatlanadi.

Source: kun.uz